Toshkent shahar Yunusobod tuman 105-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

"Yangi  hayot uchun, yangi Òzbekiston uchun!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o'tdi

Yunusobod tumanidagi 105-maktabda Mustaqilligimizning 32 yilligi  hamda 2023-2024-o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi  hayot uchun, yangi Òzbekiston uchun!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o'tdi. Tadbirda Yunusobod tuman hokim o‘rinbosari D. M.Muxsinova , Yunusobod tumani   "Bo'zsuv" MFY faollari D.Saidova, maktab ota-onalar Kuzatuv Kengashi raisi H.Mirsodiqovalar mehmon bo‘lib ishtirok etib, bayram bilan maktab jamoasi va o'quvchilarni tabriklab, yangi o'quv yilida zafarlar tiladilar. Maktab rahbari A. Xodjayev so'zga chiqib, maktabning o'tgan o'quv yilida erishgan yutuqlari va bu yilgi rejalari to‘g‘risida gapirib, yangi o'quv yilida o'quvchilarga omad tiladi. O'quvchilar tomonidan taqdim etilgan she'r, qo'shiq va raqslar bayramga ko‘tarinki rux bag'ishladi.

Смотреть все